Kontent qismiga oʻtish

Pop musiqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pop — 1950-yillarda rock and rolldan kelib chiqqan keng tarqalgan musiqa stili. Pop soʻzi inglizcha „popular“ („mashhur“) soʻzidan kelib chiqqan.


Pop-musiqa [ing . pop (popular) music — ommabop musiqa] — 20-a.da qaror topgan yengil (koʻngilochar) musiqa uslublarining umumiy ifodasi. Dastlab (1950-y.larda) fakat rok musiqata nisbatan qoʻllanilgan. Hozirda koʻngilochar tijoriy musiqaning barcha janr va uslublariga nisbatan ishlatiladi (shlyager, ritm-end-blyuz, disko, soul, launj va embiyent, xip-xop, elektro-pop va h.k.). P.-m.ning asosiy tamoyili — turli (jumladan, xalq musiqasi, mumtoz kompozitorlik ijodi, jaz va b.) musiqa qatlamlariga oid ifodaviy vositalardan foydalanib muayyan uslubiy qoliplarni yara-tishdan iborat. Bu esa P.-m. namunalarining idrok etish jarayonini yuqori darajada yengillashtirib, ijodiy "mahsulot"ning haridorbopligini taʼminlaydi.

P.-m.ning ijod va ijro jarayonlari xalqaro "musiqiy industriya" tizimini tashkil etadi. Unga ovoz yozish studiyalari, grammplastinka, audiokasseta va musiqali kompakt-disklarni ishlab chiqaradigan konsernlar (mas, "Sony music"), radio va televideniye (Mas, "MTV" kanali), maxsus nashrlar va reklama shakllari (videoklip kabi), prodyuser markazlari va b. kiradi. Ular ijod-korlarning badiiy topilmalarini an-dozalashtirish va ayni shu andozalar asosida yaratilgan yuzlab-minglab "yangi" namunalarni turli milliy madaniyatlarga singdirish yoʻlida faoliyat kursatadi. Shuning uchun, P.-m. tizimida yetuk sanʼatkorlar bilan bir kdgorda koʻpincha reklama tufayli mashhur boʻlgan "yulduz"lar faoliyat kursatadi, musika uslubida esa ommalashib ketgan unsur (oxang , usul va b.)lar asosiy urin tutadi.

Olimjon Bekov.[1]

„Ommaviy madaniyat“da „Pop (ommaviy)-muzika“ alohida oʻrin tutadi. „Pop-muzika“ni „Yangi rok“ belgilaydi. „Yangi rok“, taʼbir joiz boʻlsa, kuchaytirilgan ritmik tuzilmali musiqadir. Yaʼni jazavali ritm, zarb, shovqin ushbu musiqaning qiyofasidir. Bu musiqa tinglashga, qalbdan huzurlanishga emas, balki vujud harakatiga, talvasali raqsga yoʻnaltirilgan. „Ommaviy madaniyat“dagi texnik-ijro vositalari musiqa imkoniyatlarini nihoyatda toraytiradi, polifonizm — musiqiy sadolar boyligi va rang-barangligini yoʻqqa chiqaradi.[2]

„Pop-muzika“ ijrochiligi koʻngil­ochar musiqa niqobi ostida ommaviy vasvasali, shaytoniy talvasali, badaxloq raqs­lar, koʻpincha oxiri janjal, ur-yiqit, vahshiyliklarga borib etadigan agressiv diskoteka shoularini uyushtirish bilan ajralib turadi.

1970-yilda Kaliforniyaning Altamonte shahrida boʻlgan musiqa ­festivalida oʻzini „pop-muzika“ qiroli hisoblaydigan „Rolling Stounz“ („Aylanayotgan tosh“) guruhi konserti ana shunday ur-yiqitlar bilan tugab, politsiya bu mojaro oqibatlari bilan uzoq muddat shugʻullanishiga toʻgʻri kelgan edi. „Pop-muzika“ namoyandalari oʻz „ommaviy“liklarini taʼkidlash uchun sahnadagi xatti-harakatlari va kiyim-liboslari namoyishida ham — odob-axloq, jamiyatga ehtirom tuygʻularini rad etib — asosan koʻcha, olomonchilik qonun-qoidalariga amal qiladilar. Va oʻzlarining kulguli darajada ajralib turadigan shunday raftorlaridan faxrlanadilar. Bunday holatlarni „pop-muzika“chilar sanʼatdagi demokratizmning, xalqchillikning tantanasi, deb bilishadi.

„Pop-muzika“ namoyandalari ijro etadigan qoʻshiq matnlari koʻpincha, sheʼriyatning oddiy talablariga javob bermaydi yoki ular koʻproq koʻchada mavjud behayo, jargon iboralarga — qadriyatlarni, insoniy ezguliklarni kinoya, mazax qiladigan soʻzlarga asoslangan.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. [http://info.islom.uz/content/view/1203/1006/ “Оммавий маданият” – маънавият кушандаси]


Manbalar