Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Interviki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Interviki bir necha viki-saytlardagi muayyan maqolalarni bogʻlovchi ishoratdir. Vikipediyaning biror maqolasidagi intervikilar ushbu maqolaning boshqa tildagi variantlariga olib boradi.

Interviki qayerda boʻladi

Intervikilar

Intervikilar sahifaning chap tomonida, boshqa tillarda sarlavhasi ostida joylashgan boʻladi. U yerdan boshqa til boʻlimlariga oʻtish mumkin.

Interviki qanday qoʻyiladi

Zamonaviy yo'l

Ishorat qoʻshish tugmasi qizil rang bilan ta'kidlangan. (inglizcha: Edit links)

Asosan, bunday havolalar maxsus loyihada —Vikiomborda yaratiladi va o'zgartiriladi.

Interwiki havolalari boʻlgan Vikimaʼlumotlar sahifa bloki qatorlari quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan jadvaldir:

  • Til (til kodi) - Wikimedia loyihalaridagi til kodi.
  • Sahifa - maqolaning tegishli tilda sarlavhasi.

Agar siz boshqa til bo'limida xuddi shu mavzuda maqola borligini bilsangiz, "Boshqa tillarda" menyusidagi "Ishorat qoʻshish" yozuvini bosing, paydo bo'lgan shaklda loyiha kodini kiriting (masalan, enwiki) va chet tilidagi maqola nomini kiriting, so‘ng Sahifa bogʻlash tugmasini bosing. Agar operatsiya muvaffaqiyatli bo'lsa, sizdan maqolani qayta yuklashingiz va qaysi havolalar qo'shilganligini ko'rishingiz so'raladi.

Eski yo'l (foydalanmang)

Biror tildagi maqolaga interviki qoʻyish uchun oʻsha tildagi tegishli maqolani topib, maqola oxiriga bunday kodni yozib qoʻyish kifoya: [[til kodi:maqola nomi]], bu yerda til kodi ISO 639 boʻyicha beriladi. Masalan, ingliz tili uchun til kodi en, oʻzbek tili uchun esa - uz.

Misollar: Telefon haqidagi maqolada xuddi shu maqolaning ingliz tilidagi variantiga olib boruvchi interviki bunday yoziladi: [[en:Telephone]].

Agar maqola ichiga ishorat sifatida interviki qoʻymoqchi boʻlsangiz, til kodi oldidan ikki nuqta yozish kerak: [[:en:Telephone]]. Natijada bunday ishorat paydo boʻladi: en:Telephone.

Interviki topilmasa

Agar biror maqolaning boshqa tillardagi variantlarini topa olmasangiz, u holda oʻsha maqolaga bu andozani qoʻyishingiz lozim: {{no iwiki}}. Aqalli bitta interviki topilganda, bu andozani olib tashlash kerak.