Jump to content

Aleksandr arxipelagi

From Vikipediya

Aleksandr arxipelagi — Shimoliy Amerika gʻarbiy qirgʻogʻi yaqinidagi arxipelag. Alyaska shtati (AQSH)ning bir qismi. 1100 oroldan iborat. Maydoni 36,8 ming km². Aholisi 30 ming kishidan ziyod. Balandligi 1432 m gacha. Igna bargli oʻrmonlar va alp oʻtloklari bilan qoplangan. Baliq ovlanadi, darrandachilik bilan shugʻullaniladi, yogʻoch tayyorlanadi. Arxipelagda Admiralti milliy parki bor. Aleksandr arxipelagida 1741-yilda V. Bering va A. I. Chirikov ekspeditsiyasi boʻlgan. 1867-yilgacha Rossiyaga qarashli edi.

Adabiyotlar

[edit | edit source]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil