Kontent qismiga oʻtish

Avstriya-Italiya urushi (1866)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avstriya-italiya urushi (1866) – Italiyaning Avstriya hukmronligiga qarshi milliy ozodlik urushi. Bu vaqtda Italiyada birlashtiruvchilik harakati yana kuchaygan va Italiya asosan birlashgan edi. Lekin avstriyaliklar qoʻl ostidagi Venesiya viloyati va Papa hokimiyatiga qarashli Rim hali ozod etilmagan, birlashtrilmagan edi. Italiyaning birlashgan qismida hukmron boʻlib olgan Savoyya sulolasiga mansub Sardiniya qirolligi (Pemont) Italiyani batamom birlashtirish maqsadida xalq ommasining vatanparvarlik hissiyotidan va Prussiyaning Avstriyaga qarshi kurashidan foydalanishga intildi. 1866-yil 8-aprelda Italiya va Prussiya oʻrtasida yashirin bitim imzolandi. Prussiya 16-iyunda Avstriyaga qarshi urush boshlagandan soʻng 20-iyunda Italiya qoʻshinlari Venesiya hududiga bostirib kirdi. Garibaldi koʻngillilari Triyest, Trentino va Janubiy Tirolni ozod etdi. Avstriya-Prussiya urushida Avstriyaning zarbaga uchrashi tufayli Italiya uchun qulay vaziyat vujudga keldi. Lekin dengizda Italiya floti talafot kurdi. Buning ustiga Prussiya Italiyaning roziligini olmay, Fransiya vositachiligida 26-iyulda Avstriya bilan yarash bitimi imzoladi. Fransiya va Prussiya taklif etgan shartlar asosida Sardiniya qirolligi bilan Avstriya urtasida 10-avgustda yarash bitimi, 3-oktabrda esa Venada sulh shartnomasi imzolandi va natijada Avstriya Venetsiyadan voz kechdi. Venetsiya Italiya tarkibiga kiritildi. Ammo Triyest, Tren-tino va Janubiy Tirol yana Avstriya qoʻlida qoldi. Italiyaning birlashishi 1870-yilga borib tugʻallangan[1].

  1. "Avstriya-Italiya urushi (1866)" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil