Koʻpchilikka maʼlumki AQSH dollari kupyuralarida insonlar tasvirlanadi. Xususan 1 dollarda AQSHning birinchi Prezidenti Jorj Vashington tasvirlangan. Yosh bolalar, odatda, ota-onasidan pul soʻrashganida, birinchi Prezidentni yaxshilab tanish va eslab qolish uchun koʻpincha 1 dollar berishadi.

AQSH dollari
United States dollar
ISO 4217: USD yoki US$
Davlat nomi:  USA AQSH
Simvol: $

Dollar (ing . dollar, nem. „Taler“ soʻzidan) – 1) Amerika Qoʻshma Shtatlari pul birligi. 1786-yildan muomalaga (kumush D.) kiritilgan. 1 D. = 100 sent. Xalqaro ifodasi USD. AQSH D. xalqaro hisob-kitoblarda keng qoʻllanadi. Muomalada 100, 50, 20, 10, 5 va 1 D.li qogʻoz pullar; 1 va 0,5, 0,25 0,1 D.li tangalar va 5, 2, 1 sentli tangalar ishlatiladi. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 694 soʻm 83 tiyin (2002-yil 5 fev.). 2) Avstraliya pul birligi. 1966-yil fevralda Avstraliya funti oʻrniga muomalaga kiritilgan. 1 D.= 100 sent. Xalqaro ifodasi AUD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH D.= 1,97 Avstraliya D.; 3) Kanada pul birligi. 1 D.= 100 sent. Xalqaro ifodasi KYD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH D. = 1,53 Kanada D. Shuningdek, Bagama, Barbados Orollari, Beliz, Bermuda Orollari, Bruney, Gayana, Zimbabve, Kayman Orollari, Liberiya, Namibiya, Singapur, Solomon Orollari, Trinidad va Tobago, Fiji, Yamayka, Yangi Zelandiya pul birliklari ham D. deb ataladi.[1]

AQSh dollari – AQSh milliy pul birligi.

$ belgisining kelib chiqishi

tahrir

Bundan 245 yil oldin, 1778-yilning aprelida dunyo valyutasiga aylangan AQSH dollarini anglatuvchi $ belgisi oʻylab topilgan[2].

Uning kelib chiqishi boʻyicha oʻnlab tahminlar mavjud. Ular orasida kamroq ommalashgan, biroq eng haqiqatga yaqin boʻlgani asli irland millatiga mansub yangi orleanlik biznesmen Oliver Pollok tomonidan birinchi marta pesoni ifodalash uchun ishlatgan $ belgisi hisoblanadi. Oʻsha davrda ispan pul birligi hisoblangan pesoning koʻplik shakli qisqartmasi (ispancha pesos) „Ps“ yoki „Pˢ“ shaklida pul birligini ifodalashda qoʻllanib kelingan. Keyinroq katta „P“ harfi ustiga kichik „s“ harfi bostirib yozilgan. Oliver Pollok esa 1778-yil 1-aprel kuni kongressmen Robert Morrisga yozgan xatida bir miqdorni avval „Ps“ belgisi bilan, keyin esa zamonaviy $ bilan yozdi. Bu birinchi marta ushbu belgi yozilgan hujjat sifatida tarixda qoldi. Keyinchalik rasmiy hujjatlarda Morris uni qoʻllay boshladi[2].

Tarixi

tahrir

Dollar soʻzi oʻrta asrlardagi dastlab 1519-yili Germaniyada paydo boʻlgan tanga nomi „Taller“dan kelib chiqqan. 1873 yilda taller Germaniyada butunlay muomaladan chiqib ketdi. Uning oʻrniga marka kirib keldi. Biroq uning nomi xalq orasida qolib ketdi. Oʻsha paytlarda Angliya va Ispaniya koloniyalarida peso nomi bilan mashhur boʻlgan ispan tangalari muomalada boʻlgan. Bu tangalarni koʻp joylarda adashgan holda „dalar“ deb atashar edi. Bizga mashhur boʻlgan dollar nomi ham uning dunyoga mashhur belgisi dollar ham oʻsha paytda paydo boʻlgan. Uzun inglizcha ibora „piese of Eight“, yaʼni 1/8 (nimchorak) qogʻozda oʻchirilgan 8 ga aylanib, oxir-oqibat bizga tanish boʻlgan dollar belgisi paydo boʻlgan.

1879-yilda AQSh hukumati davlatning rasmiy valyutasini muomalaga kiritish chogʻida unga hech ikkilanmay hammaga maʼlum va mashhur boʻlgan dollar nomini tanlashdi. Oʻsha paytda mashhur shaxslardan biri „Yangi Amerika oʻzining yangi puliga juda eski nom tanladi“ – degan edi. 1792-yilda muomalada boʻlgan AQSh pulining tarkibidagi sof oltin miqdori 1,6033 gr yoki 24,057 gr sof kumushdan tarkib topgan edi. 80 yillardan soʻng, yaʼni 1876-yilda mazkur oltin tangalar davlatning rasmiy pul birligi sifatida tan olingandan soʻng uning tarkibidagi sof oltin miqdori 1,50463 gr qilib belgilandi. Bu miqdor AQShda yana 30 yil, 1929-33 yillardagi jahon iktisodiy krizisigacha amalda boʻldi. Shu alfozda qabul qilingan „oltin zahirasi“ haqidagi hujjatga binoan, tilla miqdori 0,88867 gr.ga, yaʼni 41 foizga tushirildi[3][4].

Shu paytda Troya unsiyasining narxi 35 dollar edi. II-jahon urushidan keyin AQSh dunyodagi hukmronligini mustahkamlanishi bilan dollarning dunyodagi oʻrni ham asta-sekin bilinib bordi. Marshal shartnomasiga asosan, vayrona holga kelgan Yevropaga AQSh investitsiyasi bilan birgalikda dollarning yirik oqimi ham kirib kela boshladi. Urush tufayli achinarli axvolga tushib qolgan Yevropada dollarning keng isteʼmolga kirishi qiyin kechmadi. Shu paytda Yevropaning markaziy banklarida dollarni istalgan Yevropa davlati pul birligiga yoki kelishilgan miqdordagi oltinga almashtirib olish mumkin edi. Biroq XX asrning 60-yillari oʻrtalariga kelib, dollarning kadri tushib keta boshladi. Inflyatsiyaning oʻsishi va AQSh savdo balansidagi tanqislik navbatdagi dollar deval’vatsiyasini keltirib chiqardi. 1971-yilning oxirida oltinning bir unsiyasi 38 dollarga chiqdi. Dollarning tarkibidagi oltin miqdori esa umuman toʻxtatildi. 1973-yillar yana 10 foizga deval’vatsiya qilindi. 1974-yilning fevraliga kelib, oltinning bir unsiyasi dunyoning yirik birjalarida 150 dollarga koʻtarildi. Hozirgi kunda bu koʻrsatkich 260 dollarni tashkil etadi. 100 yil mobaynida dollar 10 barobar arzonlashdi. Ammo oltin standartidan voz kechilgan paytda dollar yer yuzining koʻpchilik aholisini ishonchini qozongan edi. Koʻplab davlatlarning norasmiy pullariga aylanib qoldi. Oxirgi yillarda esa Janubiy Amerika davlatlarining koʻpchiligida dollar asosiy pul oʻrnida qoʻllanilmoqda.

AQShdan boshqa yana 26 davlat pul birligi dollar nomi bilan yuritiladi. Zamonaviy „dollarchi“ davlatlarning katta qismini Britaniya imperiyasidan mustaqil boʻlgandan soʻng qabul qilishgan. 1857-yilda Kanada Britaniya koloniyasidan domin’oniga aylangan vaqtdan boshlab, bu davlatning rasmiy pul birligiga aylandi. Shuning uchun ham hozirgi paytda zamonaviy Kanada banknotlarida ham Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ni portreti aks etgan. Oxirgi muomalaga kiritilgan dollarlardan biri – bu Singapur dollaridir. 1967-yilda keng muomalaga kiritilgan ushbu banknotlar qushlar, kemalar, gullar va boshqa narsalar bilan bezatilgan. Bu pul dunyo pullari ichida ham eng chiroyli boʻlishiga daʼvogarlik qiladi. Lekin zamonaviy AQSh dollarlari esa hamon XX asr boshidagi tasvirini oʻzgartirganicha yoʻq. Old qismi kulrang, orqasi yashil. Barcha banknotlar bir xil oʻlchamda (157x67 mm). XX asr oxiriga kelib, pul qalbakilashtirish avjiga chiqqan paytda dollarning sodda koʻrinishi davr talabiga javob berolmay qoldi. Yaqin-yaqingacha pulni qalbakilashtirish juda oson edi. 1996-yilda chiqqan dollarning yangi nusxasi firibgarlar uchun jiddiy sinov boʻldi.


Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. 2,0 2,1 „Барчанинг кўзини қувнатадиган белги. Доллар белгиси — $ ҳақида бешта банд“. Bugun.uz. 2021-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-aprel.
  3. Langland, Connie „What is a millage rate and how does it affect school funding?“. WHYY. PBS and NPR (2015-yil 27-may). 2021-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-dekabr.
  4. „Mills Currency“. Past & Present. Stamp and Coin Place Blog (2018-yil 26-sentyabr). 2021-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-dekabr.

Havolalar

tahrir