Kontent qismiga oʻtish

Chinobod tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2022-yil 24-noyabr, 07:08 dagi Humoyun Qodirov (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Chinobod tumani
tuman
Tegishli Andijon viloyati
Tarkibida 7 ta qishloq soveti
Maʼmuriy markazi Chinobod
Asos solingan sanasi 1943-yil 13-fevral
Bekor qilingan sanasi 1962-yil 24-dekabr
Aholi 30 413 kishi (1959)
Maydoni 310 km²
Xaritada

Chinobod tumani — Oʻzbekiston SSR Andijon viloyatidagi maʼmuriy birlik, 1943—1962-yillarda mavjud boʻlgan.

Chinobod tumani 1943-yil 13-fevralda Andijon viloyati tarkibida tashkil etilgan. Markazi Chinobod qishlogʻi. 1948-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, tuman tarkibida 7 ta qishloq soveti boʻlgan: Oxunboboyev, Eltiqashqa, Qoʻshtepasaroy, Siza, Xoʻjaobod, Chinobod va Eskihaqqulobod[1]. 1962-yil 24-dekabrda Chinobod tumani tugatiladi.

1959-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotiga koʻra, tumanda 30 413 kishi yashagan[2].