Kontent qismiga oʻtish

Lesbos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lesbos, Mitilini — Egey dengizidagi orol. Kichik Osiyo yarim orolning gʻarbiy qirgʻoklari yaqinida, Gretsiya hududi. Maydoni 1636 km². Aholisi 100 mingdan ortiq. Relyefi togʻli, eng baland joyi 967 m (Olimbos togʻi). Foydali qazilmalardan marganets, qoʻrgʻoshin va xrom rudalari, barit, marmar olinadi. Mineral buloklar bor. Oʻrta dengiz boʻyi tipidagi oʻsimliklar usadi, togʻlar qaragʻayzorlar bilan qoplangan. Zaytun daraxti plantatsiyalari mavjud, shuningdek, uzum, sitrus mevalar, anjir va boshqa yetishtiriladi. Baliq ovlanadi. Bosh shahri va porti — Mitilini. L. yunon madaniyati markazlaridan biri.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil